Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik holati oʻz vaqtida fosh etildi.
Olingan tezkor maʼlumotlarga asosan, fuqaro M.U. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Koʻzdan kechirish natijasida avtotransport vositasida fuqaro A.A.ga tegishli boʻlgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 40,5 million soʻmlik 108 dona “Neoton” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.