“Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand tuman boʻlimi tomonidan 2022-yil hosili uchun tumandagi – 320 ta fermer xoʻjaliklarining  2 ming 135 gektar yer maydoniga ekiladigan boshoqli don ekinlari uchun sifatli va sara urugʻ yetkazib berish doimiy nazoratga olingan.

“Samarqand donmahsulotlari” AJ ga qarashli “Samarqand” urugʻlik don ishlab chiqarish sexi tomonidan joriy yilda Samarqand tumanidan 2193 tonna urugʻlik don tayyorlash rejalashtirilgan.

Turkiyadan keltirilgan zamonaviy, innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish sexida hozirga qadar 276 tonna urugʻlik bugʻdoy tayorlandi.

Kezi kelganda taʼkidlash lozimki, mazkur sex tomonidan ishlab chiqarilayotgan urugʻlik don Nurobod, Pastdargʻom va Urgut tumanidagi fermer xoʻjaliklariga ham yetkazib beriladi, deb xabar beradi Inspeksiyaning Samarqand tuman boʻlimi katta inspektori B.Suyarov.