Qayd etilishicha, Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.V tumanda joylashgan goʻzallik saloniga 2 200 000 soʻm toʻlovni amalga oshirib, soch tolalari ektirgan. Oradan qisqa muddat oʻtib, ushbu soch tolalari rivojlanmay, toʻkilib tushgan. Isteʼmolchi holatdan norozi boʻlib tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat yoʻllagan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan holat xolisona oʻrganilishi natijasida, murojaat oʻz tasdigʻini topgan. Tadbirkorlik subyektiga qonuniy tushuntirishlar berilib, toʻlov isteʼmolchiga toʻliq qaytarilishiga erishilgan.









