Ammo kafel sifatsiz chiqqanligi sababli tadbirkorga nuqsonli tovarni qaytarib, unga toʻlagan ololmagan. Mazkur murojaat Fargʻona viloyat hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish davomida nuqsonli tovar isteʼmolchi ishtirokida toʻligʻicha sotuvchiga qaytarildi.

Sotuvchi tovarni qabul qilib olish barobarida isteʼmolchiga 5000000 (besh million) soʻm pul ham qaytarib, qolgan summani tez kunlarda qaytarishi toʻgʻrisida kafolat xati ham yozib berdi. Shundan soʻng orada oʻtgan bir oy ichida isteʼmolchiga qolgan 7800000 (yetti million sakkiz yuz ming) soʻm puli ham qaytarib berilishiga erishildi. 

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlari himoya

qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati