Bu haqda Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, loyiha hududning turizm salohiyatini yanada oshirish va mehmonlar uchun qulay, innovatsion transport infratuzilmasini yaratishga qaratilgan.
Maʼlum qilinishicha, kanat yoʻlining umumiy uzunligi 1 700 metrni tashkil etadi. Tizim 35 ta kabinadan iborat boʻlib, har biri 10 nafargacha yoʻlovchini tashish imkoniyatiga ega. Harakat tezligi 5 metr/soniyani tashkil etadi, oʻtkazuvchanlik quvvati esa soatiga 1 500 nafargacha yetadi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida hudud boʻylab harakatlanish yanada qulaylashadi, sayyohlar uchun yangi manzara va dam olish imkoniyatlari yaratiladi. Shuningdek, kanat yoʻli turizm infratuzilmasini rivojlantirishga hamda tashrif buyuruvchilar sonini koʻpaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.