O‘rganishlar davomida mazkur holat joriy yilning 31 mart kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi maktablardan birida sodir bo‘lgani aniqlangan.
Ma’lum qilinishiga ko‘ra, 11-sinf o‘quvchisi M.M. sinfdoshi B.Sh. bilan o‘zaro tortishuv oqibatida uning yuz qismiga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.