Singapur Bosh vaziri iste'foga chiqishini e'lon qildi

    Singapur Bosh vaziri o'z o'rniga Singapur Bosh vaziri o'rinbosari va moliya vazirini tavsiya qildi.

    Singapur Bosh vaziri Li Syanlun X ijtimoiy tarmog'ida 15-may kuni o'z lavozimini tark etishini e'lon qildi va Singapur Bosh vaziri o'rinbosari va moliya vaziri Lourens Vongni o'z lavozimiga tavsiya qildi, deb xabar beradi ria.ru.

    “Men 2024-yil 15-mayda Bosh vazir lavozimini tark etaman va Lourens Vong o'sha kuniyoq keyingi Bosh vazir sifatida qasamyod qiladi. Men barcha singapurliklardan Lorens va uning jamoasini har tomonlama qo'llab-quvvatlashlarini hamda Singapurning yorqin kelajagini yaratish uchun ular bilan ishlashlarini so'rayman, deb yozdi Li Syanlun.