Shunga koʻra, Byuroning Koson tuman boʻlimi tomonidan mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorning garovdagi koʻchmas mulki hamda 2020-yilda ishlab chiqarilgan “Sinotruck” yuk avtotransport vositasi xatlangan.
Shundan soʻng, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mulklar onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.
16.09.2024-yilda boʻlib oʻtgan savdo natijasiga koʻra, avtotransport vositasi viloyatdagi masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan 394 mln. soʻmga sotib olingan hamda 18.09.2024-yilda boʻlim davlat ijrochisi tomonidan jamiyat vakiliga topshirilgan.
Sotuvdan tushgan pul mablagʻi undiruvchi bankka oʻtkazib berilgan.