Sintepon ishlab chiqaruvchi sexdagi yongʻin bartaraf etildi

    Xavfsizlik 18 Aprel 2021 541

    Yakkasaroy tumani Qushbegi massivida sintepon ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻldi.

    Poytaxtning Yakkasaroy tumani Qushbegi massivida joylashgan sintepon ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik qismiga 18-aprel kuni soat 20:46 da kelib tushdi.

    Bir zumda voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 10 ga yaqin yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib bordi. 21:21 da yongʻin qurshab olinib, 21:41 da toʻliq oʻchirildi.

    Yongʻindan natijasida jabrlanganlar yoʻq, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.