2020-yilning 03-sentyabrda 42 yoshli ayol 43 yoshli tanish ayolning shaxsiy fotosuratlarini qoʻlga kiritib, ularning sir saqlanishi uchun fotosurat egasidan pul tovlamachilik yoʻli bilan talab chilgan.

Aks holda rasmlarni egasining yaqin qarindoshlariga koʻrsatish, hamda internet tarmogʻi orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qoʻrqitganligi maʼlum boʻlgan.

Joriy yil 4-sentyabrda IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Universitet xiyobonida “uddaburon ayol” tanishidan 2 200 dollar pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Jinoyat ishi boʻyicha tovlamachi ayol ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.