Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov Yaponiyaning «Onodera User Run» kompaniyasi rahbari Jun Kato bilan uçraşdi.
Uçraşuvda haydovçilik sohasida malakali kadrlar tayyorlaş, ularni xalqaro talablar asosida öqitiş va Yaponiyada iş bilan taʼminlaş masalalari muhokama qilindi.
Loyiha doirasida 7 oylik maxsus öquv dasturi joriy etiladi. Unda iştirokçilar yapon tili, transport xavfsizligi va amaliy haydovçilik böyiça bilim va könikmalarini oşiradi.
Öquv kursini tamomlagan fuqarolar yapon iş beruvçilari bilan suhbatdan ötkazilib, muvaffaqiyatli nomzodlar Yaponiyaga işga yuboriladi.
Taşabbus fuqarolarni iş bilan taʼminlaş va xalqaro mehnat bozorida yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.