Sirdaryo IESda 1,3 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

    “On-Grid” rejimida ishlaydigan mazkur stansiyada yiliga qoʻshimcha 2,3 mln. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va yiliga 750 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.

    Natijada yoqilgʻi resurslari tejalib, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkoni yaratiladi.

    Maʼlumot uchun: ayni paytda quyosh fotoelektr stansiyasi quyosh radiatsiyasiga qarab oʻrtacha 800 kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.

    Ushbu loyiha Prezidentimiz tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish boʻyicha berilgan qator topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi.