Qabul viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi va Buxoro Qorako‘l maktab-internati jamoasidan iborat ishchi guruhi tomonidan o‘tkazildi. 

Maktab-internatining 8-, 9- va 10-sinflariga jami 471 nafar iqtisod va texnika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar test topshirdilar.

Iqtisod yo‘nalishini tanlagan 327 nafar o‘quvchi matematika va ingliz tilidan, texnologiya yo‘nalishini tanlagan 144 nafar o‘quvchi matematika va fizikadan test topshirdilar.

Test varaqalari Buxoro-Qorako‘l maktab-internati mutaxassislari tomonidan tekshiriladi va natijalar ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinadi. 

Test sinovlari pandemiya sharoitini inobatga olgan holda karantin qoidalari asosida Guliston shahar 16-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining sport maydonida o‘tkazildi.  O‘quvchilar maydonga kirishda dezinfeksiya yo‘lagidan o‘tib, tibbiyot xodimlari tomonidan haroratlari o‘lchangach, test sinovida qatnashishlariga ruxsat berildi, deb xabar beradi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.