Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi shoʻba boshligʻi M.B. fuqaro Sh.U.ning ishonchiga kirib, unga 1,4 mln soʻm evaziga yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 1,2 mln soʻmni tanishi N.S.ning plastik kartasiga oʻtkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.