Sirdaryo va Namanganda giyohvandlik bilan bogʻliq jinoyatlar fosh etildi

    Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlikka qarshi qaratilgan qator tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

    Sirdaryo viloyatida Guliston shahrida fuqarolar uyida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh etildi. Tadbir chogʻida 4 kg 373 gr “Mefedron” sintetik moddasi, elektron tarozi va qoʻshimcha jihozlar ashyoviy dalil sifatida olindi. Holat yuzasidan 3 nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan ish qoʻzgʻatildi.

    Namangan viloyatida Uchqoʻrgʻon tumanida fuqaro Qirgʻizistondan noqonuniy tarzda kirib kelgan vaqtda toʻxtatilib, uning sumkasidan 9 kg 702 gr “gashish” aniqlandi. Unga nisbatan 223 va 246-moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Shuningdek, Namangan shahrida tezkor tadbir davomida 3,2 mlrd soʻmlik 65 mingdan ortiq kuchli taʼsir qiluvchi va kontrafakt dori vositalari musodara qilindi. Bu dori vositalarni qabul qilib olish va sotish bilan shugʻullangan 5 nafar shaxs qoʻlga olindi.

    Barcha holatlar boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.