Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi maʼlum qildi.

Xavfsizlik va kafolatni taʼminlash maqsadida mazkur turdagi uskunalar qonun va qarorlar bilan davlat qiyoslash koʻrigidan oʻtkazilishi belgilangan.

Xususan, bu Hukumatning “Tibbiyotda qoʻllaniladigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash uskunalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida ham qatʼiy belgilangan.

Shunga qaramasdan, tibbiyot birlashmasi tibbiy uskunalardan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunining 16-, 20-moddasi talabini buzgan holda uzoq muddat foydalanib kelgani aniqlangan.