Viloyat prokuraturasi va viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu seminarda mazkur qonunni amaliyotga to‘g‘ri qo‘llash lozimligi, bu borada, avvalo, “Inson shani, qad-qimmati — har narsadan ustun” ta'moyili asosida ish yuritish kerakligi ta'kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonuni yig‘ilish ishtirokchilari, amaliyotchi mutaxassislarning ilmiy qarashlari orqali tahlil qilindi.

Seminarda tashrif buyurgan prokuratura xodimlari ushbu qonunni bugungi kun amaliyoti bilan bog‘lab keng tushuntirish berdi.