Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlib, tarmoq faollari oʻz qarashlarini bayon etdi. Keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda hokimlik hamda avtomobil yetkazib beruvchi avtosalon oʻrtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi.
Mazkur mablagʻlar mahalliy budjetga tiklangan holda viloyatdagi ehtiyojmand, ijtimoiy yordamga muhtoj, nogironligi bor, boquvchisini yoʻqotgan oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga yoʻnaltirildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi axborot xizmati.
Mazkur holat boʻyicha hokimning birinchi oʻrinbosariga “hayfsan” berildi.