Undan, uning ayanchli oqibatlaridan himoya qilinish maqsadida dunyo olimlari, qolaversa mahalliy olimlar izlanish olib borishmoqda. Bu, albatta, quvonishga arzirli sabab. Bu xavfli virus xavfidan himoya qilish, odamlarni sogʻligʻini asrab qolish muhim va dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Ular tomonidan ushbu kasallikka qarshi bir nechta turdagi vaksinalar va ularning muqobillari yaratildi. Yaratilgan yangi turdagi vaksinalar sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Endilikda Sirdaryo viloyatida ham vaksinatsiya jarayonlari belgilangan tartibda boshlab yuborildi. Guliston shahrida 9 ta emlash punktlar tashkil etildi. Emlash jarayonlarida ishtirok etayotgan shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlar belgilangan tartibda tayyorgarlikdan oʻtkazildi.
Harakatdagi tibbiy brigadalar tashkil etildi. Belgilangan rejaga muvofiq, 101 445 nafar fuqaro, shu jumladan 65 yoshdan katta yoshdagilar, tibbiyot xodimlari, 18 yoshdan 65 yoshgacha surunkali kasalliklari bor boʻlgan insonlar, oʻqituvchilar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini emlash ishlari boshlandi.
Emlangan fuqarolarda hech qanday noxush holat kuzatilmadi. Chunki, barcha jarayonlar mutaxassislar nazoratida olib borilyapti. Ochigʻini aytish kerak, koronavirusga qarshi vaksina — zamonaviy tibbiyotning eng yuksak yutugʻi. Aynan shu kabi vaksinalar sabab bugun mamlakatimiz bir qator xavfli kasalliklardan holi hudud deb eʼtirof etilgan.
Koronavirusga qarshi vaksinalar ham pandemiyani yengishda, xam tani-jonimizni xavfli virus infeksiyasidan asrashda asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Buni aslo unutmaslik lozim.
Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash
boshqarmasi Axborot xizmati.