Ma’lum bo‘lishicha, mazkur avtotransport haydovchisi jarimalarni 60 kun ichida to‘lamagan, shundan so‘ng hujjatlar Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan va qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirilib, uyali raqamlariga SMS xabarnoma yuborilgan.
Lekin haydovchi qarzdorlikni to‘lash chorasini ko‘rmagan.
Ushbu avtomashina Toshkent shahrida o‘tkazilgan reyd to‘xtatilganda, 4 mln.47 ming so‘mlik jarima to‘lanmaganligi sababli jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Shundan so‘ng, huquqbuzar tomonidan jarimalar to‘liq bartaraf etilgan.