Ikkinchi tashabbus - viloyatning 11 ta tuman va shahri Xitoy modeli asosida sanoatga ixtisoslashadi, har birida innovatsion texnoparklar tashkil qilinadi.
Ularda:
- elektrotexnika, biofarmatsevtika, kimyo, qurilish materiallari, ipak va oziq-ovqat sanoatida innovatsion loyihalar amalga oshiriladi;
- erkin iqtisodiy zona maqomi beriladi va “bojxona hududida qayta ishlash” rejimining soddalashgan tizimi joriy qilinadi;
- ishlab chiqarish binolari namunaviy loyihalar asosida qurilib, tadbirkorlarga “sanoat ipotekasi” orqali tayyor holda beriladi;
- joriy yilda texnopark infratuzilmasiga 200 milliard soʻm ajratiladi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Sirdaryoda Oʻzbekiston-Xitoy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi. Bu jamgʻarma Xitoyning nufuzli Ipak yoʻli fondi va boshqa moliyaviy tashkilotlari bilan birga tashkil qilinadi. Jamgʻarmaga 1 milliard dollar sarmoya olib kelinadi.