Sirdaryoda 1200-1600 MVt quvvatga ega yangi issiqlik elektr stantsiyasini quriladi

    2021- yil 19- noyabr` kuni loyiha uchun e'lon qilingan quvvat va energiyaning tenglashtirilgan narxi ko'rsatilgan moliyaviy takliflari ochildi.

    2020- yil boshida O'zbekiston hukumati Sirdaryo viloyatida quvvati 1200-1600 MVt bo'lgan yangi issiqlik elektr stantsiyasini qurish loyihasini boshlagan edi. Mazkur loyiha doirasida O'zbekiston hukumati tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasining (Jahon banki guruhi a'zosi) texnik ko'magida ikki bosqichli ochiq tender o'tkazildi. Ushbu loyiha energetika tizimini mustahkamlash va respublikani barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.

    Yangi IESda qo'llaniladigan zamonaviy va innovatsion texnologiyalar 60 foizdan ortiq samaradorlikka ega bo'ladi, bu esa mavjud Sirdaryo IeS ko'rsatkichlaridan ikki barobar yuqoridir. Bu, o'z navbatida, bir xil tabiiy gaz sarfi bilan ikki barobar ko'p elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Aytish joizki, bu Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida ochiq tender savdolari orqali amalga oshirilayotgan eng yirik investitsiya loyihalardan biridir.

    Mazkur loyiha O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida amalga oshirilayotgan Respublika elektr energetika tarmog'ini rivojlantirish dasturiga kiritilgan.

    Tenderlarning birinchi bosqichi yakunlari bo'yicha Tender komissiyasi Xalqaro moliya korporatsiyasi ko'magida kelib tushgan arizalarni baholadi. 2020 -yil dekabr` oyida saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan 8 ta ishtirokchi ro'yxati e'lon qilindi. 2020- yil 17- dekabr` oyida O'zbekiston hukumati takliflar bo'yicha tender savdolarining (RFP) ikkinchi bosqichini boshladi. Ushbu bosqichda malakali ishtirokchilar 3 qismdan iborat bo'lgan: texnik, tijorat va moliyaviy takliflarini taqdim etishlari kerak edi.

    2021- yil 22- oktyabrga qadar, uchta (3) ishtirokchidan takliflar kelib tushdi, ular Takliflar so'rovida (RFP) ko'rsatilgan ma'lumot va talablar, ishtirokchilar takliflarining texnik va tijorat qismlarining to'liqligi baholandi. Baholash natijasida uchta (3) ishtirokchining takliflari maqsadga muvofiq deb topildi va moliyaviy takliflarni ochish bo'yicha ochiq tartib-taomilga taklif qilindi.

    Moliyaviy takliflarni ochish natijalariga ko'ra, EDF- NEBRAS-Sojitz kompaniyalar kontsortsiumi (Frantsiya, Qatar va Yaponiya) MVt*soatiga 33,67564 AQSH dollari miqdorida eng yaxshi moliyaviy taklifni taqdim etgan ishtirokchi deb topildi. Ikkinchi eng yaxshi taklif hinaPower (Xitoy) kompaniyasi tomonidan MVt*soatiga 34,71185 dollar miqdorida moliyaviy taklif qilingan.

    Yangi IeS 1 yil davom etadigan moliyaviy takliflar yopilgandan keyin 3 yil ichida quriladi. Tabiiy gazni elektr energiyasiga qayta ishlash (tolling) bo'yicha investor uchun ma'lum majburiyatlarni hamda hukumatdan elektr energiyasini sotib olish bo'yicha majburiyatlarni belgilovchi elektr energiyasini sotib olish to'g'risidagi shartnoma 25 yil muddatga amal qiladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.