Bu korxonalar butlovchi va ehtiyot qismni asosan chetdan yoki respublikaning boshqa hududidan olib kelayotgani uchun tannarx boʻyicha raqobatlasha olmayapti.

Agar butlovchi va ehtiyot qismlar hududning oʻzida ishlab chiqarilib, kooperatsiya yoʻlga qoʻyilsa, tannarxni bemalol 10 foizgacha kamaytirish mumkinligi qayd etildi.

Shu bois, “Farovon” kichik sanoat zonasiga tutash 200 gektarda butlovchi qismlar ishlab chiqarish taklifi qoʻllab-quvvatlandi. Ushbu hudud temir yoʻl boʻyida joylashgani, elektr tarmogʻi oʻtgani uchun infratuzilmaga qoʻshimcha mablagʻ talab qilinmaydi.

Viloyat hokimligiga bu yerda 800 million dollarlik mahalliylashtirish loyihalarini boshlash topshirildi.