Sirdaryoda 360 gradusda qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilma ishga tushiriladi

    Qurilma toʼxtab turganda va harakat davomida ham bir qancha qoidabuzarliklarni aniqlaydi.

    Jumladan:

    - oʼzi bilan bir yoʼnalishda va qarama-qarshi yoʼnalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan toʼxtash va toʼxtab turish;

    - harakatlanish tezligini meʼyoridan oshirish;

    - svetoforning taqiqlovchi chirogʼiga amal qilmaslik (toʼxtash chizigʼini bosish);

    - yoʼlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʼljallangan tomoniga yoki boʼlagiga chiqishi;

    - yoʼlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʼyilgan talablarga rioya etmaslik;

    - yoʼnalishli transportlar harakati uchun moʼljallangan tasmalarga oʼtib harakatlanish yoki toʼxtash tartibi va ushbu tasmada belgilangan talablarni buzish;

    - davlat raqam belgisi orqali avtomobil qidiruvda yoki yoʼqligini aniqlaydi.