Ular xodim tomonidan xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Natijada, ushbu 4 nafar fuqaro tanasining bel va oyoq qismiga skotch bilan oʻrab mahkamlangan jami 1722 dona 5 turdagi dori vositalarini olib kirayotgani aniqlandi.
«Shovvoz«lar bu haqda bojxonachilarning ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatmagan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.