Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahri boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.Z.” MCHJ masʼul shaxslari “A.Jomiy” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln soʻm zarar yetkazgani aniqlandi.