Unga binoan mahallalar va aholi xonadonlari darajasigacha qamrab oladigan tibbiy-sanitariya muassasalarida vrach, terapiya hamshirasi, pediatriya hamshirasi, doya, patronaj hamshiralardan iborat “Tibbiyot brigadalari” tashkil etilib, aholining antropometrik koʻrsatkichlarini oʻlchash, xavf guruhiga mansub aholi qatlamini aniqlash va xatlovdan oʻtkazish ishlari boshlab yuborildi.

Tadbir boshidan buyon 791 510 nafar aholi shundan 518 ming nafar katta yoshdagi fuqarolar, 272 ming 297 nafar bolalar xatlovdan oʻtkazilib, antropometrik koʻrsatkichlari oʻlchab chiqilib, shundan 154 ming 378 nafar fuqaro sogʻlom xavf guruhiga, 356 ming 226 nafar fuqaro ikkinchi xavf guruhi yaʼni past xavf guruhiga, 257 ming 352 nafar fuqaro oʻrta xavf guruhiga, 23 ming 554 nafar fuqaro yuqori xavf guruhiga ajratildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.

Bu ishlarni samarali bajarish uchun Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi Tibbiyot muassasalari tomonidan 421 ta tibbiy brigadalar tashkil etilib, unga 234 nafar oila shifokori hamda 1 883 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarining 224 nafar faoli jalb etildi. Ushbu “Tibbiyot brigadalari” mahalliy byudjet va qoʻshimcha daromadlar hisobidan tarozi, puls-oksimetr, tonometr, mobil, EKG apparati bilan taʼminlandi.

Qolaversa, ushbu xatlov ishlari viloyatda nihoyalagach, aholi salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqqan holda, past xavf guruhi, oʻrta xavf guruhi, yuqori xavf guruhiga viloyatda ajratiladi va belgilangan guruh asosida belgilangan muddatlarda tibbiy koʻriklardan oʻtadi va kuzatuvga olinadi. Yuqori xavf guruhiga kirgan va mustaqil ravishda Tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlarga uy sharoitida individual tibbiy xizmat koʻrsatish ishlari viloyatda yoʻlga qoʻyiladi.