Avvalroq, Sirdaryoda bedarak yo'qolgan 7 oylik homilasi bor 26 yoshli ayol qidirilayotgani, uni topishda ko'maklashganlarga 10 million so'm mukofot puli berilishi haqida xabar qilingandi. Sirdaryo IIB axborot xizmati ayol topilganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Sardoba tumani, “Otayurt” mahallasida yashovchi ayol Sarvara Qarshiboyeva (1996-yilda tug'ilgan) 10-iyun kuni yashash xonadonidan noma'lum tomonga ketib, bedarak yo'qolgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahridan topilib, yaqinlariga sog'-salomat topshirildi.