Xovos tumani hokimligi rasmlari
Seminar kun tartibidan yetishtirilgan don hosili oʻrim-yigʻim ishlarini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish, hududiy “gʻalla shtablari”, tuman ishchi guruhlari va gʻalla oʻrim-yigʻim otryadlarini tashkil etish, don qabul qilish shoxobchalarini mavsumga tayyorlash, kombaynlar uchun ehtiyot qismlar zaxirasini yaratish masalalari joy oldi.
Shuningdek, tadbirda otryadlardagi tashkiliy tayyorgarlik masalalari yana bir bor koʻrikdan oʻtkazildi.
Seminarda Sirdaryo viloyatidagi 1 959 ta fermer xoʻjaligi tomonidan joriy yilda 85 ming gektar maydonda gʻalla yetishtirilgan, ayni paytda pishib yetilayotgan gʻalla hosilini yuqori unumdor kombaynlar yordamida qisqa fursatlarda oʻrib-yanchib olib, qabul maskanlariga yetkazish maqsadida viloyatning barcha hududlarida sifatli texnika va ishchi kuchi jalb etilgan holda 177 ta maxsus otryadlar tashkil etilgani, mavsum davomida viloyat boʻyicha 332 ta gʻalla oʻrish kombaynlari, 1 293 ta don tashish texnikalari xizmat qilishi rejalashtirilgani taʼkidlandi.
Viloyat rahbari jami 225 ming tonnalik ulkan xirmon koʻtarishga oʻz vaqtida erishish boʻyicha tizimli ish olib borish zarurligini taʼkidladi. Buning uchun mavjud kombayn va texnikalardan samarali foydalanish, yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash, gʻalla oʻrilgan maydonlarni peshma-pesh shudgorlab, takroriy ekinlar ekish borasida mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi. Shuningdek, kombayn operatorlari va ishchi-mutaxassislar, otryad rahbarlariga qulay sharoit yaratish choralarini koʻrish barobarida oʻrim-yigʻim ishlarida jonbozlik koʻrsatganlar moddiy hamda maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirilishini qayd etdi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati