Sirdaryoda pandemiya sharoitida o'z faoliyat bir zum bo'lsada to'xtatmagan korxonlar talaygina. Ana shunday korxonalardan biri Sirdaryo tumanidagi polipropilen granulasi xom-ashyosidan qadoqlash mahsulotlari (oziq-ovqat  va nooziq-ovqat mahsulotlari uchun qoplar) ishlab chiqaradigan “SIRDARYO MEGA LUX“ mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo'shma korxonadir.

Karantin qoidalariga to'liq amal qilgan holda qariyb 1 000 nafar ishchi mehnat qilayotgan mazkur korxonada bir kunda o'rtacha 580 ming dona qadoqlash  vositalari  ishlab chiqarilmoqda.

-Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik sub'ektlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida Hurmatli YUrtboshimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar boshqa ishlab chiqarish korxonalar qatorida bizga ham katta imkoniyatlar yaratmoqda - deydi korxona raxbari Muxiddin Normatov - natijada   o'tgan   yili  2,4 mln. AQSH  dollariga  teng va 2020 yilning I iyun` xolatiga ko'ra korxonamizda ishlab chiqarilgan 1,6 million AQSH dollari miqdoridagi tayyor mahsulotlar Rossiya, Qozog'iston, Ukraina, Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston va Armaniston kabi davlatlarga  eksport  qilindi, korxonmizga  o'tgan davr mobaynida  43,14 mlrd. so'mlik bojxona imtiyozlari qo'llanilgan.

Albatta korxona daromadi ham shunga yarasha bo'lib, bu yil ham ishlab chiqarish sur'atlarini bir necha barobarga oshirishni o'z oldimizga maqsad qilganmiz.

Korxonada zamonaviy axborot tizimlari mahsuli bo'lgan elektron hisob faktura dasturidan foydalanib kelinayotgan bo'lib, 2019 yilda 114 milliard so'mlik yoki 1214 ta hisob fakturalar mazkur dasturiy ta'minot orqali amalga oshirilgani holda, hisobchilarning ham vaqtini tejalishiga, ham ortiqcha qog'ozbozlikdan holi bo'lgan holda tezkorlik bilan ish tashkil etilishi ta'minlangan.

Korxona ixtiyorida qolgan soy foyda hisobidan ishchilarga barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Korxonaga tashrifimiz davomida 500 o'ringa mo'ljallangan oshxona, ishchilarni tashish uchun 6 ta avtobus ajratilgan, shuningdek ishchilarimiz doimiy ravishda maxsus kiyim bosh bilan ta'minlanmoqdalar.

Albatta karantin davrida korxona faoliyatida ishchi xodimlarni tashish, tayyor mahsulotlarni haridorlarning o'z transportida olib ketishda ba'zi muammolar paydo bo'lgan. Lekin Prezidentimiz 2020 yilning mart-may oylari davomida koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha qabul qilingan bir nechta farmonlari hamda karantin bo'yicha cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish bo'yicha ko'rsatgan tashabbuslari ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yanada jonlantirdiAnvar .

Anvar Karabaev,

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati rahbari, podpolkovnik