Uni oldini olish va davolash maqsadida Sirdaryoda Respublika ixtisoslashtirilgan Koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Sirdaryo filiali oftalmologlari tomonidan koʻz aʻzosi bilan bogʻliq yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Birgina joriy yilning oʻzida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomaga binoan 400 ga yaqin fuqaroda ana shu aʻzo bilan bogʻliq, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi. 12 mingdan ortiq bemorga tibbiy maslahatlar berildi.
Ayni vaqtda Sirdaryo viloyat koʻz kasalliklari shifoxonasida, shifoxonaning tajribali oftalmologlari, Rasul Karimov, Ulugʻbek Karimov, Komiljon Xolyigitov, Zokirjon Muhiddinov, Firuz Saidqulov, Mansur Bobonazarov tomonidan katarakta, glaukoma, koʻz yosh yoʻllari, gʻilaylik, qolaversa har xil jarohatlar, ayrim kosmetik operatsiyalar muvaffaqiyatli oʻtkazilmoqda.
Bunda Respublika ixtisoslashtirilgan Koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaz direktori, professor Azamat Yusupov va uning qoʻl ostida ishlayotgan malakali mutaxassislar bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari qoʻl kelmoqda. Bu esa, ushbu turdagi kasalliklarni Sirdaryoda barvaqt aniqlash va davolash imkonini bermoqda, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.