Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tuman boʻlimi tomonidan Sirdaryo viloyati DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Q. xaridor F.ga 150 dona kuchli taʼsir qiluvchi “Tropikamid” dori vositasini 12 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, M.Q.ga dori vositalarini yetkazib beruvchi sherigi A.X. 600 dona “Tropikamid” dori vositasini 30 mln soʻmga oʻtkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.