Sirdaryo Xabarlari» rasmi

Avtomashina Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Zafar qishlogʻida yashovchi fuqaroning boshqaruvida boʻlgan. Avtomashinaga oʻrnatilgan gaz ballonida yorilish sodir boʻlgan.

Natijada avtomashinada boʻlgan ikki nafar yoʻlovchilar voqea joyida vafot etgan hamda haydovchi va bir nafar yoʻlovchi turli darajada jarohat olib Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilyapti, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.