Yangi, zamonaviy barcha qulayliklarga ega boʻlgan mazkur “Malham med” klinikasida bemorlarga tashxis qoʻyish, davolash uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar tadbirkorning oʻz mablagʻi hisobidan keltirildi. Bular orasida soʻngi rusumdagi UZI, stomatologiya, fizioterapiya va boshqa tibbiy jihozlar ham bor.
- Mazkur klinika qurilishiga 2 milliard soʻmdan ziyodroq mablagʻ sarflandi, — deydi Sirdaryolik tadbirkor Muxlisa Habibullayeva. — Yangi muassasani qurish va ishga tushirishdan avval soha xodimlaridan maslahat soʻradim. Ular tanlovimni qoʻllab-quvvatladi. Hozircha klinikka uncha katta emas. Kelajakda faoliyatimni kengaytirib, tibbiy xizmat koʻrsatish koʻlamini bugungi kun talabiga javob bera oladigan darajaga yetkazishni rejalashtirganman. Buning uchun yetarlicha shart-sharoit va imkoniyat bor.
Bundan tashqari 10 nafar soha mutaxassislari uchun ish oʻrini yaratildi. Bemorlarni qabul qilish va davolash uchun barcha imkoniyatlar muhayyo etildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.