Bu boʻyicha viloyat hokimining tegishli farmoyishi ham qabul qilindi.
Unga koʻra viloyat sektor rahbarlari, viloyat, tuman, shahar hokimining oʻrinbosarlari, viloyat korxona va tashkilot rahbarlari oʻrtasida “Sport targʻibotchisi” va “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida sport musobaqalari tashkil etiladi.
Ushbu tadbir tajribali sport murabbiylari nazorati ostida quyidagi bosqichda oʻtkazildi:
Sportning yengil atletika turi boʻyicha: turnikka tortilish, 100-200 metrga va 1 kilometr masofaga yugurish, chalqancha yotgan holda gavdani koʻtarish (press), polga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish.
Velosport boʻyicha: Guliston shahrida joylashgan akademik litsey binosi oldidan “Markaziy oʻyingoh”ga qadar boʻlgan 2,5 kilometr masofani velosipedda bosib oʻtish.
Minifutbol boʻyicha: viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlari hamda tuman va shaharlar hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlaridan iborat jamoalar, jami 10 nafardan tarkib bilan ishtirok etadi.