Bu esa boshqa bir tibbiyot muassasada ishlayotgan mutaxassis bilan bemor koʻrigini oʻtkazayotgan mutaxassis oʻrtasida bogʻlanish, bemorga aniq, maslahatlashgan holda tashxis qoʻyish, keng koʻlamli davolash muolajalarini Onlayn- maslahat tizimi orqali maslahatlashgan holda qoʻllash imkonini beryapti.
Bunda “Oʻztelekom” AK tomonidan GPON texnologiyasi asosida 74 kilometrdan koʻproq masofaga optik tolali internet tarmogʻining tortilgani qoʻl keldi. Buning natijasida sogʻliqni saqlash tizimidagi 138 dan ortiq tibbiyot muassasasi internet tarmogʻiga ulandi va tibbiyot muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.
Iyun oyida mazkur tibbiyot muassasalariga 118 million 769 ming soʻmlik 230 dona kompyuter jamlanmalari ham keltirildi. Tizimdagi barcha davolash profilaktika muassasalari va tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tizimidagi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, Oila shifokorlik punktlari, Oilaviy poliklinikalarda “Elektron poliklinika” tizimlari joriy etildi.
Ushbu tizim orqali bemorlarni turli-tuman ovoragarchiligiga barham berildi. Vrach qabulida uzundan-uzun navbatda turishga hojat qolmadi. Shu bilan birga vrach va oila shifokori uchun qabulida turgan va davolanayotgan bemorni viloyat Ruhiy kasalliklar dispanseri, Narkologiya dispanserida hisobda turish yoki turmasligi, hamda nogironligi haqidagi maʼlumotlarni bir vaqtning oʻzida, oʻsha muassasalarga bormay “Elektronli hukumat” tizim orqali olish imkoniyati yaratildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.