Kecha, 15-iyul kuni soat 19:45 da Sirdaryo viloyat FVB markaziy-dispetcherlik xizmatiga Yangiyer shahar "Janubiy Mirzacho'l" kanalida 13 yoshli bola o'z ehtiyotsizligi oqibatida suvda oqib ketayotgani to'g'risida xabar kelib tushgan. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy kanalida yozildi.
Voqea joyiga zudlik bilan FVB qutqaruvchilari va IIB xodimlari yetib borgan. Ko'rilgan tezkor harakatlar natijasida voyaga etmagan fuqaro FVB qutqaruvchilari tomonidan sog'-omon suvdan olib chiqilib, unga psixologik yordam ko'rsatilgan.