Oʻzbekiston Respublikasi IIV, DXX, Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyat Boshqarmasi xodimlariga kelib tushgan maʼlumotlarga koʻra, viloyat hududida faoliyat koʻrsatuvchi bir necha xususiy klinika, apteka, issiqxona, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, tijorat doʻkonlari va boshqa tarmoq savdo majmualarini oʻz ichiga olgan MCHJ rahbari – xususiy tadbirkor D.Mning joriy yilning 5-fevral kuni yashash manzilidan onasi K.I.ni toʻyxonaga olib borish maqsadida boshqaruvidagi “Malibu-2” avtomashinasida harakalanib ketayotgan vaqtida uning oldidan notanish “Neksiya-2” rusumli avtomashina toʻsadi.
Mashinadan oʻziga oldindan tanish boʻlgan va muqaddam bir necha marotaba sudlangan A. E. (laqabi “mestniy”) oʻzining 2 nafar niqoblangan sheriklari bilan D.M.ning boʻyniga oʻtkir tigʻli pichoq tirab, ularga zudlik bilan 45.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni toʻlab berishini talab qilib, bu xaqda huquq tartibot idoralariga xabar qilgan taqdirda onasini guvohligida oʻldirib ketishlari va hech narsadan qaytmasliklari xaqida taxdid qilib, bir necha kunga muhlat berishadi.
Shundan soʻng A.E. oʻzi singari muqaddam bir necha marotaba sudlangan R.B. (laqabi “boksyor”) bilan birga jabrlanuvchi D.M.ning yashash manziliga borib, talab qilingan pullardan 17.000 AQSH dollarini zudlik bilan topib berishini yoki boʻlmasa hozirda JIEMlarda jazoni oʻtab kelayotgan tanishlarini chiqartirishni yoxud noqonuniy giyohvand moddalari bilan muomala qilganligi uchun hozirda Sirdaryo viloyati IIB Tergov organlari ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha qamoqqa olingan R.B.ning qarindoshi K. B. ni har qanday yoʻllar bilan boʻlsa-da jinoiy javobgarlikdan chiqarib berishni talab qilishib, oʻldirish bilan taxdid qilgan.
Hozirda xolat yuzasidan Sirdaryo viloyat IIB Tergov Boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 165- moddasining tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyatchilar Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi asosida ushlangan. Xozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.