Yozuvchilar uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Sirdaryo viloyat hokimligi hamda keng jamoatchilikning Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymon yashab ijod qilgan Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, “Turgʻun Ahmedov” MFY, Baxmal koʻchasi 7-uy manzilida Toʻra Sulaymon uy-muzeyini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanadi.
Sirdaryo viloyat hokimligi uy-muzeyni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishda:
- mazkur obyektning 2022-yil 31-dekabrga qadar foydalanishga topshirilishi;
- uy-muzey hovlisida shoirning haykali oʻrnatilishi;
- uy-muzey binosini rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha binolar qurish va atrofini obodonlashtirish;
- Mirzaobod tumani, “Turgʻun Ahmedov” MFY, Baxmal koʻchasiga hamda mazkur mahalladagi 19-sonli umumtaʼlim maktabiga Toʻra Sulaymon nomini berish;
- uy-muzeyga aylantiriladigan Mirzaobod tumani, “Turgʻun Ahmedov” MFY, Baxmal koʻchasi, 7-uy manzilidagi binoda shoirning mulk huquqi asosida istiqomat qiluvchi qarindoshlarini belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlashni nazarda tutadi.