Tashrif davomida mazkur delegatsiya aʼzolari filial tashkil etish uchun ajratilayotgan Guliston shahar markazida joylashgan tibbiyot kolleji binosi, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali hamda Sirdaryo viloyat koʻp tarmoqli markaziy shifoxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shifoxonaning malakali mutaxassislari bilan uchrashib, oʻzaro fikr almashishdi.
Maʼlumot oʻrnida, “Sogʻlik bilimlari universiteti” Turkiya Respublikasidagi tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha nufuzli davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Ayni vaqtda bu oliy dargohda 13 ta fakultet, 5 ta institut, 6 ta professional tibbiyot maktabi, 35 ga yaqin ilmiy markaz, 58 ta shifoxonalar birlashgan.