Sirdaryoda yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi

    Energetika 21 Noyabr 2022 1937

    Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan qurilgan, quvvati 220 MVt boʻlgan yangi gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi 20-noyabrda soat 10:22da Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga quvvat uzatishni boshladi.

    Mazkur elektr stansiya yiliga 1,7 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

    Stansiyada oʻrnatilgan qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 150 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz bilan qoʻshimcha 685 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

    Ahamiyatlisi, stansiya qurilishi davomida 700 nafargacha, ishga tushgandan keyin esa 100 nafar yangi ish oʻrni yaratildi.

    Eslatib oʻtamiz, joriy yil 29-martda Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari tomonidan mazkur elektr stansiya qurilishiga start berilgan edi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.