баннер
7 Apr 2025
06:25

    Sirdaryoda yuk mashinasi katta ariqqa tushib ketdi

    Haydovchi FVV xodimlari tomonidan qutqarib qolingan.

    Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Doʻngariq” MFY hududida haydovchi boshqaruvida boʻlgan “HOHAN” rusumli yuk avtomashinasi yoʻl transport hodisasi oqibatida katta ariqqa tushib ketdi.

    Haydovchi esa olgan tan-jarohati oqibatida yuk avtomashinaning ichida qolib ketdi. Bu haqdagi xabar viloyat FVBga bugun, 1-aprel kuni soat 11:10 da kelib tushgan.

    Xabarga koʻra, zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan FVB yongʻin-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan haydovchi qutqarilib, malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Haydovchining ahvoli yaxshi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech