Xususan, kuni kecha Sirdaryo viloyatiga ham Xitoydan 85 dona kislorod konsentrati va 4 dona elektrootsos, 40 ming 583 yevrolik 3 dona portativ rentgen apparati keltirildi.
Tibbiy asbob uskunalar viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Viloyat Pulmonologiya va ftiziatriya shifoxonasi, Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi va barcha tuman tibbiyot birlashmalarining yuqumli kasalliklar boʻlimlarga yetkazildi
— Tibbiyot markazimizda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan va kasalligi bois yotqizilgan bemorlarimiz 188 nafar boʻlib, shundan 53 nafarini sogʻaytirishga erishdik, — deydi Sirdaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Zohid Erkaboyev. — Bunda 9 nafar shifokor, 26 nafar hamshira, 25 nafar kichik tibbiyot xodimlarining xizmati katta boʻldi.
Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga ham ushbu jihozlardan 6 dona sunʼiy nafas berish apparati, 13 dona kislorod konsentrator, 1 dona elektrootsos keltirildi. Bu esa koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni sogʻligʻini tiklashda va sogʻlom hayotiga qaytarishda qoʻl keladi.
Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash
boshqarmasi axborot xizmati