Avval xabar berganimizdek, joriy yil 11-aprelda matematika fanidan xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralashning II bosqichida Sirdaryo viloyati Guliston tumani
23-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Nabixonov Nabixon Yoqubjon o‘g‘li ishtirok etib, faxrli o‘rinni qo‘lga kiritib, saralashning III bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan edi.
Joriy yil 30-aprel hamda 2-may kunlari o‘tkazilgan saralashning
III bosqichida Nabixon muvofaqqiyatli ishtirok etib, o‘z bilimini namoyon etgan holda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi.
Endi Nabixonov Nabixon Xalqaro olimpiadaning Leningrad shahrida bo‘lib o‘tadigan 4-yakuniy bosqichida respublika nomidan ishtirok etadi.
Biz butun sirdaryoliklar nomidan iqtidorli o‘quvchimiz Nabixonov Nabixonga omad tilaymiz va unga ishonch bildiramiz.
Nabixon joriy yilda o‘tkazilgan «Qo‘qon olimpiadasi»da faxrli o‘rinni qo‘lga kiritib, Qo‘qon davlat pedagogika institutiga grant asosida o‘qishga qabul qilingan, bundan tashqari viloyat hokimi stipendiyasi uchun o‘tkazilgan fan olimpiadasida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.