Mohichehra ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi sababli turli tadbirlarda muvaffaqiyatlarga erishgan. Bilimdon oʻquvchi viloyat hokimi hamda ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan bir necha bor tashakkurnomalarini qoʻlga kiritgan.
Yurtimizda oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida M.Xursanova bir yoʻla qator oliygohlarga hujjat topshirdi. Quvonarli jihati, u mamlakatimizdagi 5 ta oliy taʼlim muassasalariga, jumladan, IIV Akademiyasiga, Oʻzbekiston davlat jahon tillari, Oʻzbekiston Milliy, Toshkent pedagogika va Guliston davlat universitetlariga hamda 2 ta xorijiy davlat universitetlariga, xususan, Italiyaning Sapiyenza di Roma (Rim Davlat universiteti) va Cassino universitetlariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindi.

Hozirda Mohichehra ushbu oliy oʻquv yurtlaridan Italiyaning Sapiyenza di Roma (Rim Davlat universiteti)ni tanlab, taʼlim olishni davom ettiryapti, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.