Sirdaryolik qiz 23 yoshida “metrika”li boʻldi

    Ijtimoiy hayot 24 Iyun 2021 1176

    Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tumani “Adolat” mahallasida 23 yoshli Gulruh ismli qiz bugun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma oldi.

    Tarix uchun 23 yil unchalik katta muddat boʻlmasligi mumkin. Ammo, inson hayotida bu davr katta ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Sirdaryo tumani “Adolat” mahallasida yashovchi Abdugʻani aka xonadonida 23 yil ilgari qizaloq dunyoga keldi. Unga yaxshi niyat bilan Gulruh deya ism berishdi. Ammo, ota-ona kundalik tashvishlar bilan oʻralashib, farzandiga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olishga eʼtiborsizlik qildi. Voyaga yetgan Gulruh pasport olishda ham qiyinchiliklarga duch keldi.

    — Bola tugʻilganini rasman tasdiqlovchi hujjat, yaʼni “tugʻilganlik haqidagi guvohnoma” FHDYO boʻlimi tomonidan yoziladi. Bolaning tugʻilishini qayd etish majburiy boʻlib, ota-ona oʻz vaqtida FHDYO organiga murojaat etishi kerak, — deydi Sirdaryo tuman 2-son FHDYO boʻlimi inspektori Mamlakat Karimova. – Ammo, eʼtiborsizlik sabab tugʻilganlik holati oradan 23 yil oʻtib rasmiylashtirildi.

    Bugun Gulruh Auchinovaning quvonchi cheksiz, 23 yoshida “metrika”li boʻldi, endi fuqarolik pasportini oladi.

    DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi

    Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar shoʻbasi.