Poytaxtimizda start olgan yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining birinchi kungi bahslari Sirdaryo viloyati terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Kechagi kunlardagi bahslarda sirdaryolik sportchi qiz Safina Sadullayeva balandlikka sakrash yoʻnalishida “Tokio-2021” normativini bajarishga muvaffaq boʻldi.
Ushbu yoʻnalishda ayollar toifasining normativi 1,96 metrni tashkil etadi.

Safina Sadullayeva tajriba bobida oʻzidan anchayin ustunroq boʻlgan Olimpiyada musobaqalari ishtirokichisi, Xalqaro musobaqalar gʻoliblari Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova kabi sportchilardan ustun keldi va musobaqa gʻolibligi qatori Olimpiada yoʻllanmasini deyarli naqd qildi. Ushbu tajribali sportchi qizlarimiz 1,87 metrni “ishgʻol qilgandi”.

Maʼlumot uchun, Sirdaryo viloyati sportchilari orasida Tokio Olimpiadasi yoʻllanmalari soni 3 taga yetdi. Bugunga qadar pnevmatik quroldan oʻq otish boʻyicha Server Ibragimov va akademik eshkak eshish boʻyicha Shoxboz Xolmirzayevlar litsenziyani qoʻlga kiritgan edi, deb xabar beradi Sxabar.uz