Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda faol ishtirok etib kelayotgan 195 nafar Sirdaryolik tibbiyot xodimlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand meditsina institutining professor oʻqituvchilari hamda malakali mutaxassislari tomonidan qayta oʻqitildi.

Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlab, bilim va koʻnikmalarini yana-da oshirishga muvaffaq boʻlgan ushbu tibbiyot xodimlariga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining maxsus sertifikatlari topshirildi.

Sertifikatlarni topshirish jarayonida fidoyi tibbiyot xodimlarining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda oʻrnak koʻrsatish barobarida koronavirusga chalingan bemorlarni “ixtisoslashtirilgan statsionar sharoitida tashxisot va davolash” mavzusidagi uzluksiz kasbiy malakaga ega boʻlgani taʼkidlandi.

Gʻulom PRIMOV,

Sirdaryo viloyat

sogʻliqni saqlash boshqarmasi

matbuot xizmati xodimi.