Ular Izboskan tumani Urganji mahallasidagi "Mahallabay" tizimli ishlarni oʼrgandilar. Safar davomida mahallaning tadbirkorlari ish faoliyati va yutuqlari bilan tanishdilar.
Bundan tashqari mahallada “Sohib omad barakasi” klasteri tomonidan ishga tushirilgan “And gold” tikuv-trikotaj korxonasining faoliyati ham ishchi guruhi eʼtiborini tortdi.
Shundan soʼng, Аndijon tumanida 4 ming gektar yer maydonida qurilish ishlari boshlangan Yangi Аndijon shahrida boʼlishdi.
Shuningdek, Аndijon tumani Shohizinda mahallasida kredit olib oʼz tadbirkorligini boshlagan ayollar ish faoliyati bilan tanishildi.
Bir soʼz bilan aytganda Аndijon viloyatidagi mahallalardagi bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, mahalla idorasidagi shart-sharoitlar, mahallaga berilayotgan eʼtibor ishchi guruhi aʼzolarini quvontirdi.