Musobaqada kattalar o‘rtasida baydarka slalomining yakkalik va uchlik dasturida, shuningdek, U-23 toifasidagi yakkalik yo‘nalishida startga chiqqan yigitlarimizning ishtirokini alohida ta’kidlash joiz. Boisi ushbu yo‘nalishlarda terma jamoamiz oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz va ularning yo‘nalishlari haqida batafsil:

Oltin medal:
K1x3 Senior: Jonibek Temirgaliyev, Barkamol Mirzahamdamov, Aleksandr Voroshilov
K1 U23: Jonibek Temirgaliyev
K1 Senior: Barkamol Mirzahamdamov

Kumush medal:
C1 Senior: Alibek Temirgaliyev

Bronza medal:
C1x3 Senior: Alibek Temirgaliyev, Abubakr Bukanov, Sherzod Qurbonaliyev
C1 U18: Sherzod Qurbonaliyev